Özbekiston tomoni Rossiya Federatsiyasi hukumatidan Rossiyadagi özbek diasporasi mablağlari hisobidan özbekistonlik mehnat migrantlarining bolalari uçun xususiy boğça va maktablar oçişni söragan. Bu ta’lim dargohlarida öqitiş Rossiya qonunçiligiga köra olib borilişi nazarda tutilgan. Bu haqda Özbekiston respublikasi prezidentining maslahatçisi va prezident administratsiyasi departamenti rahbari Qahramon Quronboyev ma’lum qilgan, deb yozadi TASS.

RF Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov. Foto: duma.gov.ru

«Rossiya qonunçiligiga mos keluvçi ta’lim dasturlari böyiça [özbekistonlik] vatandoşlar mablağlari hisobiga maktabgaça ta’lim muassasalari va xususiy maktablarni oçiş masalasini körib çiqişni söraymiz», — degan Quronboyev RF Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uçraşuvda.

Quronboyevning sözlariga köra, bu iltimos Özbekistondan kelgan va Rossiyada mehnat qilayotgan işçilar öz farzandlarini bolalar boğçasi va maktablarga rasmiylaştirişda ma’lum bir qiyinçiliklarga duçor bölayotgani bilan boğliq.

Özbekiston prezidenti maslahatçisi Davlat dumasida bölib ötgan uçraşuvda Özbekistondan Rossiyaga kirib kelayotgan yoş fuqarolar uçun migratsiya jarayonlarini soddalaştiriş masalasini qonunçilik darajasida körib çiqişni ham söragan.

Özbekiston respublikasi prezidentining maslahatçisi va prezident administratsiyasi departamenti rahbari Qahramon Quronboyev. Foto: bsuir.by

Bundan taşqari, Quronboyev har ikki davlat yoşlar parlamenti va parlamentlarining sohaviy komissiyalari örtasida hamkorlikni kuçaytirişni, talabalar almaşinuv dasturini, jumladan, quriliş otyardlarini taşkil etişni taklif qilgan.

Quronboyev, şuningdek, Özbekistonda iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirişda Rossiya tajribasini qöllaşga qiziqiş katta ekanini ta’kidlagan.

«Örta kasb-hunar ta’limini rivojlantiriş va uni Özbekistonda joriy etiş uçun Rossiya tajribasini örganiş maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz», — degan Quronboyev.