Yaqinlarining xohiş-istaklarini amalga oşiriş mas’uliyati ilm oliş uçun çet elga ketgan yoşlarga yuk bölyapti. Nafaqat özini özi ta’minlaş, balki yaqinlariga pul jönatiş uçun ham qöşimça işlaş majburiyati ularni asosiy maqsad – ilm olişdan çalğitmoqda. “Biz yoşlarimizning qobiliyatlarini uy, töy, maşina degan vasvasalar bilan öldirib qöyganmiz”, deydi Yaponiyada faoliyat olib borayotgan jamiyatşunos Bahodir Iskandarov Kun.uz bilan suhbatda.
Bahodir Iskandarovga köra, ilm oliş istagidagi yoşlarning haşamat qurbonlariga aylanib qoliş holati nafaqat Yaponiyada, balki barça özbek migrantlari orasida keng tarqalgan. Jamiyatşunos onasining orzularini amalga oşiraman deb qiyin ahvolga tuşib qolgan bir qiz misolida xorijdagi migrantlarni qiynayotgan muammolar haqida gapirib berdi.
“Özbek migrantlarining hammasida yuk bor”
“Norasmiy ma’lumotlarga köra, bugun Yaponiyada 10 ming nafar özbekistonlik bor: köpçilik bir-birini taniydi, bir-birining şaxsiy hayoti haqida biladi.
Yaponiyaga talaba sifatida kelib, xalqaro darajadagi kompaniyada mutaxassis sifatida işlayotgan bir qizni taniyman. Bir kuni yiğlab, qarz söradi. Ammo moddiy jihatdan u qarz söraydigan emas, qarz beradigan holatda edi. Çunki Yaponiyaga kelganiga 10 yil bölyapti, işi yaxşi. “Onamning orzu-havaslari deb şunday holatga tuşdimki, hatto özim yaşaydigan uyning ijarasiga pul tölay olmaydigan holdaman. Bu muammo faqat mening dardim emas. Betgaçoparlik bölmasin deb istihola qiladigan farzandlar köp. Aslida, sörab körsangiz, bu hammaning dardi”, dedi u menga.
Yaponiyada öqişning özi juda qiyin. Lekin nafaqat qizlar, balki yigitlar ham bu yerga kelgandan keyin öz xarajatlarini qoplaşdan taşqari Özbekistondagi yaqinlarini boy körsatiş uçun ham ruhiy bosimda yurişadi.
Bu qiz ham örtahol oila farzandi, kelgandan keyin talabalik davrida işlab, uylarini ta’mirlatdi. Keyin otasiga maşina sovğa qildi. Yoşi 30 dan oşyapti, lekin ota-onasi, aka-singillarining moddiy ahvolini yaxşilaş uçun haligaça oila qurmadi. Ularga yordam bera olmay qolişi mumkinligini öylab turmuş qurişni keçiktirib yuraverdi. Ikki singlisi undan oldin turmuşga çiqdi, unga esa oddiy ta’minotçi sifatida qaraşgan. Buni unga onasi ham oçiqçasiga aytgan.
Yaponiyada pul topiş oson emas. Qiz katta kompaniyada işlasa ham keçasi bilan qöşimça işlar qilişiga töğri kelgan. Uning “portlaşi”ga sabab bölgan narsa esa onasining endi Gobalt örniga Malibu olaylik, degani bölgan.
“Biz qobiliyatlarimizni uy, töy, maşina degan vasvasalar bilan öldirib qöyganmiz”
Qiz haqida ijtimoiy sahifamda e’lon qilganimda izohlarda “Aka, mening dardimni yozibsiz, universitetda boşqa davlatlardan kelib öqiydigan talabalarning kutubxonalarda bemalol dars qilib ötirganini körsam, xafa bölib ketaman. Qaniydi menam faqat öqişni öylasam deyman”, deb yozganlar bor.
Ayniqsa, bir izohni öqib qattiq xafa böldim. Unda bir yigit “Aka-ukalarimning uy, töy qilişi uçun 8 yil umrimni çetda ötkazdim va bir oyoğimdan ajraldim. Oyoğimdan ajralib, Özbekistonga qaytganimda heç kimga kerak emasligimni bildim. Hozirgi ahvolimni duşmanimga ham ravo körmayman”, deb yozgandi.
Özim işlaydigan kompaniyaga 300 nafardan ortiq özbeklarni işga olganman. Ularning 99 foizi şunday yuk bilan kelganini aytadi. Aslida bizning xalqimizda boşqa millatlarga qaraganda potensial kuçliroq. Ba’zi örinlarda yaponlardan ham kuçli. Biz şunaqa yoşlarimizning qobiliyatini uy, töy, maşina degan vasvasalar bilan öldirib qöyganmiz.
Haşamat mavzusida yapon tilida kiçkina maqola tayyorladik, qaysi xalqda bunga öçlik borligini örgandik. Afsuski, kambağal davlatlarda haşamatga öçlik yuqori ekan.
Masalan, Budapeşt va Hindistonning çekka va qaşşoq qişloqlarida yaşaydigan ayollargina tilla taqinçoqlarga mukkasidan ketgan. Rivojlangan mamlakatlarda esa asosiy e’tibor komfortga qaratilgan. Odamlar 2 qavatli hovlidan köra hamma qulaylikka ega 2 xonali uyni afzal körişadi.
Biz bu darajadagi millat emasmiz. Şu sababli, çet elda yaşayotgan, öqiyotgan va işlayotgan hamyurtlarimizni töğri tuşunaylik”.
Jamiyatşunos farzandi ta’lim oliş yoki işlaş uçun xorijga ketgan ota-onalarni ulardagi ruhiy bosimni kamaytiriş, qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
Gavhar Ziyodullayeva tayyorladi.
Tasvirçilar: Nizomjon Toşpölatov, Mirvohid Mirrahimov.















