Jahon | 22:54 / 20.09.2023
25757
3 daqiqa o‘qiladi

«Veto agressor qo‘lida - BMTni boshi berk ko‘chaga qamagan narsa shu» - Zelenskiy BMT Xavfsizlik Kengashida chiqish qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kecha BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlagach, bugun Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ham ishtirok etib, chiqish qildi.

Zelenskiy BMT Xavfsizlik Kengashida. Foto: The New York Times

O‘z chiqishida Ukraina prezidenti BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish zaruriyati haqida gapirdi.

«Tan olishimiz kerak, tashkilot agressiyalarga javob berolmasdan boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Insoniyat millatlarning suveren chegaralarini himoya qilish haqida gap ketganida BMTdan umid ham qilmay qo‘ygan. Davlatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga qarshi agressiyaga yo‘l qo‘yilmasligi uchun dastlabki choralar ko‘rish mexanizmini ishlab chiqish kerak», — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Bosh Assambleya jami ovozlarning uchdan ikki qismi bilan BMT Xavfsizlik Kengashi a’zosining vetosini aylanib o‘tish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

«Butun jahon BMTni nima ojiz qilayotganini ko‘rib-bilib turibdi. Xavfsizlik Kengashining kursilaridan birini Sovet ittifoqi tarqalganidan so‘ng parda ortidagi manipulyatsiyalar yordamida egallab olgan Rossiya nomidan yolg‘onchilar egallab olish va ularning ishi Rossiya amalga oshirayotgan agressiya va genotsidni oqlab berishdan iborat», — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy BMTning ojizligiga sabab qildi Rossiya qo‘lida veto huquqi borligini ko‘rsatdi.

«Veto agressor qo‘lida — BMTni boshi berk ko‘chaga qamagan narsa shu. Siz kim bo‘lishingizdan qat’i nazar, BMTning mavjud tizimi sizni bir necha davlatlarda mavjud va bittasi — Rossiya mudom foydalanadigan veto huquqidan past qiladi», — dedi Volodimir Zelenskiy.

Zelenskiyga ko‘ra aynan veto huquqidan foydalanish BMT Nizomiga kuchni qaytaruvchi asosiy islohot bo‘lishi kerak.

Ayni paytda BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlari majburiy, Bosh Assambleya qarorlari tavsiyaviy xarakterga ega. Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi — AQSh, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya va Rossiyadan biri veto qo‘ysa, qaror qabul qilinmaydi

Zelenskiy xavfsizlik arxitekturasini tiklash uchun Rossiya qo‘shinlari va harbiy tuzilmalarini Ukrainadan to‘liq olib chiqish zarurligini ta’kidladi.

«Ukrainaning 1991 yilgi suveren hududidan Rossiya qo‘shinlari, harbiy tuzilmalar, jumladan Qora dengiz floti yoki undan qolgan teshik tog‘oralarni bilan olib chiqib, Ukrainaga davlat chegarasi va Qora va Azov dengizlaridagi multaq iqtisodiy zonasi ustidan nazoratni to‘liq qaytarib berish lozim», — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy o‘z chiqishini yakunlab bo‘lgach, Rossiya vakili Sergey Lavrov so‘zga chiqishini kutmasdan majlislar zalini tark etgan.

Mavzuga oid