Jahon | 15:38 / 15.12.2016
5454
1 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasi faoliyat ko‘rsatmayotganiga ish tashlashlar sabab bo‘lmoqda

Parij shahrining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Eyfel minorasi 13 dekabrdan buyon mehmonlarga yopiq. Bunga ushbu inshoot xodimlarining ish tashlashi sabab bo‘lmoqda, deb yozmoqda The Times nashri. 

Ta'kidlanishicha, minoraning 300 nafar atrofidagi ishchilari mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish haqini ko‘tarishni talab qilishmoqda. Bundan tashqari, rahbariyatning ular bilan bu masalada muzokara olib borishni xohlamayotgani ham ishchilarning g‘azabini chiqarmoqda. 

Har yili Eyfel minorasini 6 mlndan ortiq sayyoh tomosha qiladi, ularning 80 foizidan ortig‘i xorijliklardir. 

Kuni kecha, Eyfel minorasi Suriyaning Halab shahriga hamdardlik sifatida chiroqlarini o‘chirgani xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid