#uydatalimolyapman loyihasi orqali mustaqil ravişda turli yordamçi vositalar – onlayn manbalar, televizion darslar yordamida bilim olayotgan maktab-litsey öquvçilari va talabalarning kun tartibi bilan taniştirib boramiz.
Siz ham öz dars tartibingizni işlab çiqqan bölsangiz, bu haqida bizga @uydatalimolbot manzili orqali ma'lumot yuborişingiz (imkon bölsa, rasmlar va videolar bilan) mumkin.
Loyihaning birinçi qahramoni – Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqiç talabasi Mirali Ğiyosov.

«Karantinning foydali taraflari ham bor...»
Men – Mirali Ğiyosov, ayni paytda talabaman. Karantin davri menga köp narsani öylab körişga, rejalaştirişga yordam beryapti.
Dunyoda sodir bölayotgan har bir jarayonda bir hikmat bor va hammasi Alloh irodasi bilan yuzaga çiqadi.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasi köpçilikning öqiş faoliyatini töxtatib qöydi. Biroq ta'lim olişni çin dildan xohlaganlar uçun ta'lim muassasasiga boriş ham şartmas.
Çunki, menimça, OTMlar faqat yönaltiruvçi vazifa bajaradi.
Nazarimda, karantinning ham foydali jihatlari ham sezilyapti. U oldin qilişga vaqt jihatdan imkonsizday tuyulgan işlarni bajarib olişga yordam bermoqda.
«Mening kun tartibim…»
Karantinda kun tartibimni rejalaştirişda, eng birinçi, qaysi paytda uyğonişimni aniq belgilab olganman. Özimga qulay soatda uyğongaç, kerakli vazifalarni, uy yumuşlarini tugatib olaman.
Söng öz rejam böyiça işlaşni boşlayman.
Bizga universitetda «Jahon adabiyoti» fani ötiladi. Qamrovi juda keng bölişiga qaramay, bu fan faqat bir semestr – 6 oyga möljallangan.
Mazkur fanda bizdan jud köp badiiy adabiyotlar bilan tanişib çiqiş söraladi. Hozir ayni şu fan doirasida tavsiya qilingan asarlarni öqiş bilan bandman.
Yangiliklarni ham doimiy kuzatib boryapman


















