O‘zbekiston | 15:10 / 13.10.2022
63589
1 daqiqa o‘qiladi

DXX akademiyasi bakalavriatiga qabul boshlandi

2023/2024 o‘quv yilida Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Foto: Kun.uz

Tanlovda O‘zbekiston qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va/yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan  umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
 
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma yuqoridagi veb-saytda keltirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid