O‘zbekiston | 10:01 / 08.06.2020
46695
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy va Toshkent viloyatlarida aholi orasida yangi kasallanish holatlari aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 21 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 8 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4352 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 5 nafari Navoiy viloyatida aholi orasida, qolgan 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, yana 3 nafari esa aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

7 iyun kuni jami 237ta yangi zararlanish holati qayd etildi va bu kunlik o‘sish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir. 

7 iyun kuni 86 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 3354 nafarga yetdi. 

Hozirda shifoxonalarda 981 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzuga oid