Jamiyat | 13:00 / 20.04.2020
9077
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi va ishchi guruh tomonidan Ustyurtdagi korxonalar, kon va quduqlar holati o‘rganildi

Foto: O‘zbekneftgaz

«O‘zbekneftgaz» AJ ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarish korxonalaridagi islohotlarning borishi, natijani oshirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar, kon va quduqlar holatini o‘rgandi.

Dastlab yiliga 4,5 mlrd. m³ gaz qayta ishlab, 400 ming tonnagacha polietilen va 100 ming tonnagacha polipropilen ishlab chiqariladigan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida karantin davrida korxona tomonidan ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘rib chiqildi.

Ustyurt gaz-kimyo majmuasida ishlab chiqarish hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi va eng asosiysi bu korxonada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha huquqiy bilim va madaniyatini oshirish vazifasi topshirildi.

Ishchi guruh O‘zbekistonning eng chekka hududidagi Mo‘ynoq tumani «Uchsoy» mahallasi hududida joylashgan «Maxsus shtab», konlar, quduqlar faoliyati va u yerda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, karantin davrida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan ham tanishdi.

Jumladan, 100 ming m³ sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilidigan «Shimoliy Berdaq» konidagi 86-sonli quduq hamda burg‘ulash ishlari davom ettirilayotgan 92-sonli quduqda bo‘lgan ishchi guruh tomonidan yangi gaz konlarini izlash, konlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, unumli qatlamlarni ochish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, «Arslon» gazni dastlabki tayyorlash qurilmasida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi va tabiiy gaz tarkibidan qimmatbaho komponentlarni yanada chuqur ajratib olish, qurilish ishlarini belgilangan muddatda yakunlash kerakligi aytildi.

O‘rganishlar jarayonida anchadan buyon yig‘ilib qolgan masalalar va kamchiliklarni tizimli hal etish, zarur choralar ko‘rish va ishchi-xodimlarga qulaylik yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, zaxiralarni kupaytirish va belgilangan natijaga erishish borasida aniq topshiriqlar berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid