Soliq qömitasi 2024 yil yanvar-avgust oylarida eng köp soliq tölagan top-20 soliq tölovçilar röyxatini e’lon qildi.
Unda energetika korxonalari tölagan soliqlar avgustda keskin qisqarganini köriş mumkin. Bunga iqtisodçi Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.
Bir muddat oldin Özbekistonning eng yirik soliq tölovçisi bölgan “Öztransgaz” avgust oyida atigi 33,2 mlrd söm soliq tölagan. Bu – iyuldagidan 2,43 barobariga kam.

Şuningdek, UzGasTrade avgustda iyulga nisbatan soliq tuşumlarini 2,1 karraga qisqartirgan.
Yil boşida ham Özbekistonning NKMK va OKMKdan keyingi uçinçi soliq tölovçisi bölgan “Özbekneftgaz” endi top-5 likdan ham tuşib ketgan. “Özbekneftgaz” ötgan oyda soliq tuşumlarini 1,62 barobariga qisqartirgan. “Hududgazta’minot”da esa soliq tuşumlari 2,1 mlrd sömga qisqargan.
“Umuman olganda, energetikadagi yuqoridagi 4 kompaniya soliq tuşumlari iyuldagi 1 144,8 mlrd sömdan, 737,6 mlrd sömgaça, ya’ni 407,2 mlrd sömga qisqargan. Atigi bir oydagi qisqariş kölamini tasavvur qilişingiz uçun, 407,2 mlrd sömga 660 örinli 21 ta maktab quriş mumkin edi”, – deydi iqtisodçi.
Avvalroq Kun.uz 7 oylik natijalarga köra, yirik energetika korxonalari soliq tölaşni keskin kamaytirgani haqida yozgandi. Xususan, yanvar-iyul oylarida soliq tuşumlari “Özbekneftgaz”da 24 foizga, Buxoro neft zavodida 42 foizga, “Issiqlik elektr stansiyalari”da 2,2 barobarga, “Uz-Kor Gas Chemical”da 3,2 barobarga, GTL zavodida esa 2 barobarga kamaygan.








