Raqobat qömitasi tomonidan «Özbekneftgaz»ga nisbatan iş qözğatildi. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan örganişlar natijasiga köra, «Özbekneftgaz» AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali ötkazilgan 2 ta jami 4,8 mlrd sömga yaqin eng yaxşi takliflarni tanlaş savdolarida «Raqobat töğrisida»gi qonunning 29-moddasi (savdolarda raqobatni çeklaş) talablari buzilganlik alomatlari aniqlangan.

Yuqoridagilarga köra, «Raqobat töğrisida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilişi alomatlari bilan «Özbekneftgaz» AJga nisbatan iş qözğatildi.

Qözğatilgan iş örnatilgan tartibda körib çiqilib, qaror qabul qilingandan söng qöşimça axborot beriladi, deyiladi xabarda.