Texnologiya | 14:07 / 26.09.2017
4453
1 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp Xitoydagi faoliyatini qayta tikladi

Foto: Flickr

Xitoyda bloklangan WhatsApp messenjeri o‘z ishini qayta tikladi. Hozirda foydalanuvchilar matnli xabarlar, shuningdek foto va audioxabarlarni yo‘llash imkonini to‘liq qo‘lga kiritishdi. Financial Times shu haqida xabar berdi. 

Ekspertlar vaqtinchalik bloklashni kelgusi oyda bo‘lishi kutilayotgan XXR Kommunistik partiyasining kongressi bilan bog‘lashmoqda. 

Ta'kidlash joizki, bugunga kelib Xitoyda bir necha veb-servislar - Google, Facebook, YouTube, Instagram, Twitter hamda "Vikipediya" bloklab qo‘yilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid