Senatorlar Trampga impichment e'lon qilishmadi
Shanba kuni AQSh Senati sobiq prezident Donald Trampni 6 yanvar kuni Kapitoliyga hujum uyushtirilishi tufayli boshlangan impichment jarayonida qoralash uchun zarur bo‘lgan ovozni yig‘a olmadi.
AQSh kongressi senati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni impichment jarayoni doirasida oqladi.
Impichment e'lon qilish uchun ayblov hukmini chiqarishga 100 nafar senatordan kamida 67 nafari ovoz berishi kerak edi. Biroq impichmentni 57 senator qo‘llab-quvvatlagan, 43 senator unga qarshi chiqqan. Shu tariqa, demokratlarning Trampga impichment e'lon qilishga urinishi ham muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi.
Trampga nisbatan impichment jarayoni uning 6 yanvarda Vashingtonda o‘z tarafdorlari oldidagi nutqi sababli boshlangandi. O‘sha kuni Trampning tarafdorlari uning so‘zlaridan keyin kongress binosiga bostirib kirib, tartibsizliklar uyushtirishgan.
Vakillar palatasida Trampga isyonga chorlash ayblovi qo‘yilgan. Senatdagi jarayonda vakillar palatasi a'zolari ayblovchilar, senatorlar esa hukm chiqaruvchilar sifatida ishtirok etishdi.
AQSh tarixida birinchi bor bir prezidentga nisbatan ikki marta impichment e'lon qilindi. Demokratlar Trampni hokimiyatdan chetlatishga birinchi urinishni 2019 yilda amalga oshirishgandi. O‘shanda quyi palata ayblovni qo‘llab-quvvatlagan, biroq respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qilgan Senat Trampni oqlagandi.
- Agar Senat Trampning impichmenti uchun ovoz berganida, u prezidentlik saylovlarida ishtirok etish huquqidan mahrum qilinardi.
- Avvalroq amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada, ularning ko‘pchilik qismi Tramp mamlakat siyosiy hayotiga qaytishi kerak emas deb hisoblashini bildirgandi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 54 foizi mamlakatning 45-prezidenti siyosatdan butunlay ketishini istashini bildirgan.
Mavzuga oid
22:42 / 07.10.2024
Gruziya parlamenti prezidentning impichmentini qayta boshlaydi
22:09 / 17.12.2023
Baydenga impichment bo‘yicha surishtiruvlar boshlandi: shu vaqtgacha nimalar ma’lum?
22:47 / 18.10.2023
Gurjiston parlamenti prezident Zurabishviliga impichment e’lon qilolmadi
13:14 / 11.09.2023