Jahon | 16:29 / 31.10.2023
19898
7 daqiqa o‘qiladi

Butun front bo‘ylab janglar va «asir olingan» Pushkin haykali. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 614-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina rahbariyatida iste’folar bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi Time mamlakat prezidentiga yaqin manbalarga tayangan holda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «frontdagi sustkashlik uchun» —hukumat vaziri hamda yuqori martabali generallardan birini ishdan olish rejalashtirilgan. 
  • NYT: Ukraina va AQSh sovetlar davrida yaratilgan uchirish qurilmalari yoki radarlarni g‘arb namunasidagi zamonaviy raketalar bilan birlashtirib, gibrid havo hujumidan mudofaa «yirtqichlari»ni yasamoqda.
  • Anneksiya qilingan Qrim ustida ukrainlarning Storm Shadow rusumli sakkizta raketasi urib tushirildi, deb xabar berdi RF mudofaa vazirligi. Parchalar tushishi oqibatida Sevastopolda bir kishi yaralangan.
  • Rossiya qo‘shini Odessa yaqinidagi kemasozlik zavodigan raketa zarbasi yo‘llashi oqibatida to‘rt kishi yaralandi, ularning barchasi — korxona ishchilari. Ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ma’muriy bino hamda zavod texnikasi shikastlangan.
  • Xersonda avtobus o‘qqa tutilishi oqibatida yetti kishi yaralandi.
  • RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab dronlarning navbatdagi hujumini uyushtirdi. Barcha 12 dron urib tushirilgan. Uchuvchisiz uchish apparatlari va raketalar Mikolayiv, Xerson, Kirovograd, Cherkass, Jitomir, Xmelnitskaya va Dnipropetrovsk oblastlarida urib tushirilgan.
  • Yaltada Ukraina prezidenti rafiqasi Yelena Zelenskayaga tegishli bo‘lgan va milliylashtirilgan kvartira kimoshdi savdosida sotib yuborildi.
  • Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar «dushmanlar» — Ukrainada bo‘lgan «sotqinlar va banderachilar» tomonidan uyushtirilganini aytdi.

Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari

RF qo‘shini 30 oktyabr kuni Dnipro daryosining chap sohilidan turib Xersonni o‘qqa tutdi. Zarbalar oqibatida ko‘p qavatli bino shikastlangan, kvartiralardan biri yonib ketgan, unda yashagan 85 yoshli ayol halok bo‘lgan. Shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Roman Mrochko yana uch kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Shu kuni region rahbari Oleksandr Prokudin kun davomida Xerson oblastida rossiyaliklarning zarbalari natijasida ikki kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi jarohat olganini ma’lum qildi. RF qo‘shini kun davomida Xersonning o‘ziga 46 ta snaryad uchirgan.

Dnipro yo‘nalishida butun front bo‘ylab janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya nazoratidagi chap sohilda platsdarmlar tashkil etishga urinmoqda, RF QK esa o‘ng sohil bo‘ylab zarbalar yo‘llamoqda.

Xerson o‘qqa tutilishi vaqtida yong‘in chiqqan kvartirada halok bo‘lgan keksa yoshli ayolning qizi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar zarbasi oqibatida vayron bo‘lgan uy tomidagi kishi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv yaqinidagi ukrain artilleriyachilari

Xarkiv oblastidagi artilleriya pozitsiyasida turgan ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Vida Press
Ukraina armiyasi artilleriyachilari oldingi chiziqda o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Vida Press
Ukraina QK Rossiya razvedkasini chalg‘itish uchun foydalanadigan artilleriya quroli maketi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Vida Press

Kiyevda Ukraina qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun xayriya marafoni

Kiyevda bir kilometr masofaga yugurish. Unda armiya ehtiyojlari uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida ikki mingga yaqin ukrainalik qatnashdi
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Urush faxriylari ham marafonda qatnashgan
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Pushkinning Kiyevdagi haykali

2023 yil yozida Kiyev ma’muriyati Aleksandr Pushkin yodgorligi joylashgan xiyobon nomini o‘zgartirgandi: avval bu yer uning nomi bilan atalgan, endilikda — XX asrdagi ukrain shoiri Ivan Bagryaniy nomi bilan atalmoqda. Ukraina yozuvi va tili kunida, 27 oktyabr kuni, Rossiya bilan bog‘liq yodgorliklarning demontaj qilinishi tarafdorlari rus shoiri haykalining boshiga qop kiydirishdi va uni qizil lenta bilan o‘rab qo‘yishdi. «O‘ng sektor»ning Odessa bo‘yicha bo‘limining sobiq rahbari Sergey Sternenko shoir haykali «rossiyalik harbiy asir» qiyofasiga keltirilganini qayd etgan. 

Yodgorlik ostidagi postamentga qizil bo‘yoq bilan quyidagi yozuvlar qoldirilgan: «Dekolonizatsiyani to‘xtatib bo‘lmaydi» va «Imperatorni demontaj qiling».

Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Baxmut yaqinidagi ukrain askarlari

«Edelveys» 10-tog‘-shturm brigadasi askari front chizig‘ida tankka qarshi granatomyotdan (RPG) o‘t ochmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik askar rossiyaliklar pozitsiyasini yirik kalibrli Kalashnikov pulemyotidan o‘qqa tutmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga yo‘l olgan harbiylar
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Blindaj qurish uchun yog‘och ortmoqlab ketayotgan ukrainalik askarlar
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik jangchi pulemyot o‘qlaridan bekinmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

«Grad»dan o‘t ochayotgan rossiyalik artilleriyachilar. Lokatsiya noma’lum

Rossiya Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochish pozitsiyasiga ketmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiya Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari BM-21 «Grad» tizimini o‘qlamoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
BM-21 «Grad» tizimidan ukrain pozitsiyalarini o‘qqa tutayotgan rossiyalik harbiylar
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid