“Ikkita yonilg‘i tarqatish shoxobchasida 112,4 mln so‘mlik kamomad aniqlangan, hujjatlar prokuraturaga taqdim etilgan” – “O‘zbekneftgaz”
“Taxiatosh neft bazasi” MChJga qarashli ikkita fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchalarida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida 112 448 100 so‘mlik kamomad aniqlangan. “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, aniqlangan holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar prokuraturaga taqdim etilgan.
“Kompaniya boshqaruvi raisining topshirig‘iga asosan tashkil etilgan ishchi guruh “Taxiatosh neft bazasi” MChJga qarashli Ellikqal'a filialining 51-sonli “Chayka” va 25-sonli “Qirqqiz” fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchalarida o‘rganish o‘tkazildi. Neft mahsulotlarining 2020 yil 1 may holatiga haqiqiy qoldig‘i inventarizatsiyadan o‘tkazilganda 112 448 100 so‘mlik 15719 litr neft mahsulotlari kamomadi mavjudligi aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha filial buxgalteriya bosh hisobchisi tomonidan tegishli buxgalteriya o‘tkazmasi (47.30-hisobdorlar bilan hisob kitoblar scheti) berilib, 51 va 25-sonli FYoTShlar moddiy javobgar shaxslari filialdan jami 112 mln. 460 ming 966 so‘mga qarzdor qilib qo‘yilgani ma'lum bo‘ldi”, deya “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati rahbari Siyovush Hoshimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘rganish jarayonida yuqoridagi fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchalarida saqlanayotgan neft mahsulotlarini miqdor jihatidan to‘liq saqlanishi ham inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Natijada 51-sonli “Chayka” nomli fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchasida SAYe-140 moyidan 485,0 ming so‘mlik 117 litr kamomad aniqlangan.
“2020 yil 15 may holatidagi neft mahsulotlari qoldig‘ini inventarizatsiyadan o‘tkazish vaqtida, 51-sonli yuqoridagi fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchasida dizel yonilg‘isining haqiqiy qoldig‘i 6177 litrni tashkil qilgan bo‘lib, buxgalteriya hisobi qoldig‘iga nisbatan 10862 litr kamomad mavjudligi va 25-sonli yuqoridagi fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchasida dizel yonilg‘isining haqiqiy qoldig‘i 3212 litrni tashkil qilgan bo‘lib, buxgalteriya hisobi qoldig‘iga nisbatan 4299 litr kamomad mavjudligi ma'lum bo‘ldi.
Shoxobchaning katta operatori A.Ibragimov o‘z tushuntirish xatida kamomadning kelib chiqish sababini fermer xo‘jaliklariga dizel yonilg‘isini tegishli hujjatlarni umuman rasmiylashtirmasdan, neft mahsulotlarini iste'molchilarga tarqatish vedomostiga dizel yonilg‘isini olganligini tasdiqlovchi imzosini qo‘ydirmasdan berib yuborgani bilan izohlagan.
O‘rganish yakuni bo‘yicha ma'lum bo‘lgan neft mahsulotlarining kamomadi yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Prokuratura organlariga taqdim etildi”, deydi Siyovush Hoshimov.
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024