Xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar maxsus reys bilan uylariga kuzatilmoqda (foto)
Armiyaga chaqiruv vaqtincha to‘xtatildi. Xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar maxsus reys bilan uylariga kuzatilmoqda
Bugun, 27 mart kuni Markaziy harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlarni o‘z uylariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.
Aslida askarlarni uylariga kuzatish tadbirlari 20 martdan 10 aprel kuniga qadar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Xavfli infeksiya sabab, faqat bir kun 27 mart kuni respublikaning barcha yo‘nalishlari bo‘ylab, maxsus reyslar yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbirda okrug qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, harbiy qism shaxsiy tarkibi, Samarqand garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi harbiy orkestri ishtirok etdi.
Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida bir yillik xizmatni o‘tgan jami 280 nafar askarga oliy harbiy ta'lim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berildi. Ulardan 40 nafari o‘z istagiga ko‘ra, shartnoma asosida harbiy xizmatga qoldi. Yangi tashkil etilgan Sport vzvodida xizmat qilgan 10 ga yaqin sportchi askarlar okrug hamda mudofaa vazirligi nomidan Xalqaro toifadagi sport musobaqalarida qatnashib, sovrindor bo‘ldi.
Okrug qo‘mondonligi o‘z oilasi bag‘riga qaytayotgan askarlardan mahalla-kuy va yaqinlar oldida ziyofat uyushtirmaslikni so‘radi.
Muddatli harbiy xizmatchilar maxsus reys bilan bugun tunda, qat'iy nazorat ostida Samarqand-Toshkent-Andijon hamda Buxoro-Nukus yo‘nalishida o‘z uylariga kuzatiladi.
Mavzuga oid
08:30 / 02.11.2024
NYT: Ukrainada 6-12 oy jang qilish uchun yetarlicha askar bor
13:00 / 21.10.2024
RFda armiyadan qochgani uchun 12 kishi fuqarolikdan mahrum etildi
11:08 / 17.10.2024
“Askarlarning o‘liklarini tashidim” - Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
09:09 / 06.08.2024