Rossiya armiyasiga yollangan özbekistonlik erkakka hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida yaşovçi, 1968 yilda tuğilgan Ş.J. 2023 yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari safiga yollangan. U 2023 yil 28 avgustdan 11 oktyabr kuniga qadar Donetsk va Luhansk viloyatlarida Ukraina davlatiga qarşi harbiy harakatlarda iştirok etib kelgan. 

Ş.J.ga Rossiya fuqaroligini oliş uçun uşbu davlatning Toşkent şahridagi elçixonasidan “yöllanma” berilgan. Buni u suddagi körsatmasida aytib ötgan.

“2005 yildan buyon daromad orttiriş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg va Moskva şaharlaridagi quriliş-ta’mirlaş işlarida elektrik bölib işlab kelaman. Bu davr mobaynida hujjatlarni rasmiylaştirişda köplab qiyinçiliklarga uçradim. Şu sababli 2023 yil aprel oyida, Özbekistonda bölgan paytim Rossiya Federatsiyasining Toşkent şahridagi elçixonasiga murojaat qildim. U yerda menga Çelyabinsk viloyatiga borişimni aytib, uşbu joyda Rossiya fuqaroligiga ötiş masalasi körilişi töğrisida yöllanma berişdi.

Çelyabinsk viloyatiga bordim va SSSR davrida tuğilganim uçun Rossiya fuqaroligini oldim. 2023 yilning 28 avgust kuni Sankt-Peterburg Mudofaa işlari boşqarmasiga hisobga qöyiş uçun borganimda, ular Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlariga harbiy xizmatga kirişi uçun şartnomaga qöl qöydirib olişdi. Uşbu şartnomani öqib ham körişga ulgurmadim.

Şundan söng Rossiya mudofaa vazirligi xodimlari meni harbiy öquv poligoniga olib bordi va harbiy kiyim-keçak kiydirib, qurol berişdi. Söngra meni va boşqalarni 1 oy harbiy tayyorgarlikdan ötkazişdi.

Harbiy tayyorgarlikdan keyin bizlarni Donetsk viloyatiga, Rossiya va Ukraina davlatlari örtasida harbiy töqnaşuvlar bölayotgan joyga yuborişdi. Harbiy harakatlarda Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarda qöriqlaş xizmatini olib bordik. Şuningdek, egallangan hududlarda vafot etgan harbiy xizmatçilarning öliklarini taşiş işlari bilan şuğullandik”, degan erkak öz körsatmasida.

Ş.J.ning qöşimça qilişiça, 2023 yil oktyabr oyida Donetsk viloyatida ularga Ukraini harbiylari dronlardan foydalangan holda granatalar bilan hujum qilgan. U granata “oskolka”lari tegişi oqibatida öng va çap oyoq tizza sohalari hamda qöllaridan yaralangan. Şundan söng u Sankt-Peterburg şahridagi harbiy gospitalga joylaştirilgan. Davolanib çiqqanidan keyin esa ma’lum muddat Rossiya davlatida işlab kelayotgan öğli bilan yaşagan. 2024 yilning 25 aprel kuni ota va öğil Özbekistonga qaytib kelgan.