Ukraina Qurolli kuçlari (UQK)da janglarni yana 6-12 oy davom ettiriş uçun yetarliça askar bor, şundan söng Kiyev keskin kadrlar yetişmasligiga duç keladi. Bu haqda 1 noyabr, juma kuni Pentagon baholari bilan taniş bölgan rasmiylardan biriga tayanib, The New York Times (NYT) xabar berdi.
AQŞ mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, Kiyev Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastidagi hujumni qöllab-quvvatlaş uçun bir qator yangi taşkil etilgan brigadalarni yuborgan — ulardan dastlab Ukrainaning şarqiy va janubiy çegaralarini himoya qiliş yoki zaxiralarni yaratiş uçun işlatiş rejalaştirilgandi. Pentagon rahbari Lloyd Ostinning qayd etişiça, Kiyev yangi askarlarni jalb etiş, şuningdek, ularni tayyorlaş uçun barça sa’y-harakatlarini amalga oşirmoqda.
Yozda amerikalik tahlilçilar Rossiya yaqin oylarda Ukrainada sezilarli muvaffaqiyatga erişa olmaydi, deb hisoblaşgan edi. Bu taxminlar notöğri bölib çiqdi, deb yozadi gazeta. Rossiya armiyasi özgardi va endi oldinga intilmoqda, deydi AQŞning yuqori martabali harbiy amaldori. AQŞning ayrim razvedka agentliklari va Pentagon rasmiylari Ukrainaning Rossiya hujumini töxtata olişiga umidsizlik bilan qaraşmoqda, deya qöşimça qiladi naşr.
AQŞ: KXDRning 8 mingga yaqin askari Ukrainada jang qilişga tayyor
Şimoliy Koreyadan 8000 ga yaqin askar allaqaçon Rossiya-Ukraina çegarasiga yetib kelgan va «yaqin kunlarda» jangovar harakatlarda qatnaşişga tayyorlanmoqda. Bu haqda 31 oktyabr kuni AQŞ Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ma’lum qildi. Uning sözlarini AP agentligi keltirmoqda.
Blinkenning aytişiça, Rossiya harbiylari şimoliy koreyalik hamkasblarini artilleriya qurollari va uçuvçisiz uçoqlardan foydalanişga örgatmoqda, şuningdek, bu «kuçlarni front çiziğidagi operatsiyalarda töliq qöllaş niyatida ekanliklarini körsatmoqda». Avvalroq Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx Şimoliy Koreya qöşinlari «yaqin haftalarda Ukraina yaqinidagi Rossiya qöşinlarini kuçaytirişi»ni aytgan edi.


















