Jamiyat | 16:00 / 12.07.2016
4363
1 daqiqa o‘qiladi

Venetsiyada Jonni Deppning ehtimoliy uyi sotuvga qo‘yildi

Foto: RIA

Italiyaning Venetsiya shahrida hollivudlik aktyor Jonni Deppga qarashli ekani taxmin qilinayotgan dabdabali uy sotilmoqda, deb xabar qilmoqda The Real Deal.

4 qavatli hashamatli qasr shaharning Katta kanali yonida joylashgan. XVII asrda barpo etilgan uyning umumiy maydoni 700 kv.m.ga teng. Uni ta'mirlash ishlari 6 yil davom etgan. Endilikda uning uchun 12 mln dollar so‘rashmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, uy uchun tortishuvda Depp arab shahzodalaridan birini ortda qoldirgan. Biroq, 2008 yili mazkur ko‘chmas mulkni xarid qilgan sarmoyadorlarning so‘zlariga ko‘ra, Jonni bilan oldi-sotdi shartnomasi nihoyasiga yetmay qolgan.