O‘zbekiston | 11:36 / 31.05.2021
19868
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev ertaga Surxondaryoga boradi

Joriy yil 1-2 iyun kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi rejalashtirilgan. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

“Bugun hurmatli prezidentimiz huzurida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘ladi. 

Birinchi va ikkinchi iyun kunlari davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi rejalashtirilgan.

Juma kuni yer hisobi va davlat kadastrlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lishi mo‘ljallangan”, dedi Sherzod Asadov. 

Ma'lum qilinishicha, rejalashtirilgan tadbirlar haqida hafta davomida xabar berib boriladi.

Mavzuga oid