Islom instituti örta maxsus islom ta’lim muassasasining uzviy davomi sifatida Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Özbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilişiça, ta’lim muassasasida öqiş muddati 4 yil bölib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli – hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Şuningdek, diniy idora Imom Termiziy nomidagi Islom institutiga 2024-2025 öquv yili uçun qabul ham oçilganini bildirdi. Öqişga kiriş istagida bölgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiliş 2024 yil 14 avgustdan 20 avgustga qadar davom etadi. Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
- pasport yoki ID karta nusxasi (asli körsatiladi);
- örta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani töğrisidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;
- 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (sönggi uç oyda olingan va orqa foni oq rangda bölişi talab etiladi).
Abituriyentlar quyidagi fanlar böyiça qabul imtihonlarini topşiradi:
- Arab tili (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball
- Hadis va mustalahul hadis (ijodiy imtihon) 63 ball
- Özbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball
Arab tili böyiça V2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölgan abituriyentlarga uşbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. Şuningdek, ta’lim muassasasiga hujjat topşiriş uçun abituriyentlardan bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari (170 ming söm) miqdorida tölov undiriladi.
Bundan taşqari, Özbekiston musulmonlari idorasi 2024-2025 öquv yilidan ilk bor Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutining magistratura yönalişiga ham qabul jarayoni boşlanişini ma’lum qildi.
Toşkent islom instituti magistratura mutaxassisligiga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiliş 14 avgustdan 20 avgustga qadar davom etadi.
Musulmonlar idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari haqida















