Yaratganning eng buyuk ne'matlaridan biri bu – farzand. Uning voyaga yetishi, o‘sib-ulg‘ayishi ham, kamolotga yetishi ham va shaxs sifatida hayotda o‘z o‘rnini topib ketishi ham ota-ona uchun bitmas tuganmas ne'matdir. Farzandga go‘zal ism tanlash Alloh tomonidan berilgan ana shu ne'matni e'tirof etish, qadriga yetish deganidir. Chunki chiroyli, ma'noli ism kishi siyratini yanada go‘zallashtiradi. Aksincha, ma'nosi g‘aliz va xunuk ismlar hech kimga xush kelmaydi. Bolaga qanday ismlarni  qo‘yish yaramaydi, bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati berilgan savollar va ularning javoblaridan bilib olsa bo‘ladi.

Savol: Abdurasul ismining ma'nosi nima?

Javob: Abdurasul ismi Payg‘ambarning bandasi degan ma'noni anglatadi. Bunday ismlarni o‘zgartirgan ma'qul.

Savol: Mening ismim Shohruh. Ko‘pchilik dindor taqvodor tanishlarim ismingni alishtir, deb maslahat berishayapti. Ismim dinimizga biroz to‘g‘ri kelmas ekan. Shundaymi?

Javob: Imkoningiz bo‘lsa, almashtirganingiz yaxshidir.

Savol: Qizbolaga Sanam deb ism ko‘yish yaxshi emas, deb eshitdim. Qizimning ismi Gulsanamxon, bu ismning ma'nosi qanday va bu ismni qizbolaga qo‘yish joizmi?

Javob: Sanam (صنم) degani arab tilida but degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun unday ism qo‘ymaslik kerak. Har bir ota-ona farzandiga ism qo‘yishda o‘ziga yoqib qolgan, qulog‘iga chiroyli eshitilgan ismni qo‘yib yuboravermay, u ismning ma'nosini ilmli insonlardan so‘rab keyin qo‘yishi lozim bo‘ladi. Shohsanam yoki Gulsanam kabi ismlarni qo‘yish joiz emasdir. Vallohu a'lam.

Savol: Hozirda 3-farzandimga homiladorman. Tekshiruvga borganimda qiz farzand deyishdi (yanayam Alloh bilguvchidir). Xudo xohlasa ismini Safina deb qo‘ymoqchi edik. Safina Nuh (a. s.)ning kemalarining nomi ekan. Farzandimizga shu ismni qo‘ysak bo‘ladimi?

Javob: Farzandingizga yaxshi ma'noga dalolat qiladigan ismlarni qo‘yishingiz kerak. Siz savolda zikr qilgan “Safina” so‘zi arab tilida “kema” degan ma'noni anglatadi. Farzandga go‘zal ism qo‘yish ota-onaning vazifalaridan biridir. Vallohu a'lam.

Savol: Jiyanimning ismi Maftunaxon. Bu ismning ma'nosini yaxshi emas deb eshitdim, shu to‘g‘rimi?