23 oktabr kuni imzolagan hujjatda Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash;
  • qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
  • soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash;
  • davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
  • tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
  • qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta'lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
  • qishloq hududlarini rivojlantirish;
  • tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.

Strategiyada belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2030 yilgacha quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:

  • yer ajratish va uni olib qo‘yishda shaffof tizim yaratiladi, korrupsiya va boshqa sub'yektiv holatlarning oldi olinadi, yerdan foydalanuvchilar huquqlarini kafolatlaydigan tizim yaratiladi;
  • yerlarni noqonuniy ajratish, ulardan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari keskin kamayishiga erishiladi;
  • 1,1 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zlashtiriladi, 535,6 ming gektar lalmi, yaylov va boshqa yerlardan foydalanish samaradorligi ortadi;
  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;
  • yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning haqiqiy bozor narxi shakllanadi, bu huquqdan garov ta'minoti sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi, tadbirkorlar va aholi qo‘lidagi kapital qiymati o‘z-o‘zidan ortadi, yer solig‘i solinadigan bazani kengaytirish imkoniyati yaratiladi;
  • respublika hududlarida sug‘orishning suv tejovchi tizimlaridan foydalanilish maydonlari kengaytiriladi va ushbu tizimlarni joriy qilishni rag‘batlantirish mexanizmlari takomillashtiriladi;
  • suv iste'molchilari va suv yetkazib beruvchilar o‘rtasida hisob-kitoblar iste'mol qilingan suvni yetkazib berish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda va bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi;