Jamiyat | 10:20 / 30.12.2025
1282
1 daqiqa o‘qiladi

31 dekabrdan 4 yanvargacha Poytaxt Parking to‘xtash joylari bepul bo‘ladi

Yangi yil munosabati bilan Poytaxt Parking tarmog‘iga qarashli avtoturargohlar 31 dekabrdan 4 yanvargacha bepul xizmat ko‘rsatadi. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish va xavfsizlik choralarini unutmaslik so‘raldi.

Foto: Kun.uz

Bayram kunlari munosabati bilan Poytaxt Parking avtoturargohlaridan foydalanish tartibiga vaqtinchalik yengillik kiritildi. Ma’lum qilinishicha, 31 dekabr sanasidan 4 yanvargacha Poytaxt Parking’ning barcha belgilangan to‘xtash joylari bepul bo‘ladi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror yangi yil kunlari poytaxtda harakatlanishda haydovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, transport oqimini tartibga solish va aholi hamda mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Shu bilan birga, haydovchilardan belgilangan to‘xtash qoidalariga amal qilish, yo‘l belgilarini inobatga olish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va tartib-qoidalarga rioya etgan holda parkovka xizmatlaridan foydalanish so‘ralmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid