23 fevral kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaror loyihasi böyiça Davlat test markazi va ommaviy axborot vositalari vakillari örtasida matbuot anjumani ötkazildi.

Qaror loyihasida ötgan yil va undan oldingi davrda öqişni tugatgan abituriyentlar test sinovlarida iştirok etişi uçun eng kam oylik iş haqining bir barobari miqdorida tölovni amalga oşiriş tartibi taklif etilmoqda.

Ma'lumot uçun, 2018-2019 yil Oliy ta'lim muassasalarining 82 900 nafar öringa jami 679 979 nafar abituriyent hujjat topşirgandi. 597 079 abituriyent esa kiriş imtihonlaridan öta olmagan.

Hozirgi kunda Özbekistonda eng kam oylik iş haqi 202 730 söm hisoblanadi. Bu holatda Oliy ta'lim muassasasiga ikkinçi yoki boşqa urinişda hujjat topşirayotgan abituriyentlardan jami 121 mlrd. söm (14 mln. 240 ming AQŞ dollari) tölov undirilişi mumkin. Abituriyentlarning umumiy kontingenti esa 1 mln. 300 ming nafarni taşkil etadi. Ulardan 80 mingdan ziyod abituriyent talaba bölgan holda ham bu raqamlarning sezilarli ravişda ösişi demakdir – umumiy kontingentdagi öqişga kira olmagan abituriyentlardan jami 247,3 mlrd. söm (29 mln. AQŞ dollari) yiğib olinişi mumkin böladi.

Loyihada kiriş imtihoni jarayonidan tuşgan mablağlar binolarning ijara töloviga, katta quvvatli konditsionerlar, şaxsni aniqlaş va kuzatiş kamerasi, ota-onalar uçun monitorlar bilan jihozlaşga hamda abituriyentlarni içimlik suvi va ruçka bilan ta'minlaşga yönaltirilişi töğrisida söz boradi.

Kun.uz muxbiri Davlat test markazi direktori Majid Karimovga taklifning şaffofligi, oçiq smeta töğrisida savol berdi.

Davlat test markazi direktori bu holatga şunday izoh berdi:

«Köp yillar davomida budjetdan taşqari mablağlar va homiylar hisobidan moddiy-texnik baza mustahkamlab kelingan.

Abituriyentlardan yiğib olinadigan tölovlarning nazorati Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi tomonidan olib boriladi. Yiğimlarning nimaga yönaltirilişi Davlat test markazi saytida e'lon qilib boriladi.

2018-2019 öquv yilida şartnoma asosida öqişga kirgan talabalarning tölovlaridan 1,5-2 foizini olişga erişdik. Bu mablağlar bilan ham jarayonlar sarfini qoplay olmadik.