23:54 / 19.11.2018
25069

Xitoyda benzin narxi yana keskin pasaytirildi

Foto: FreeImages.com

Xitoy hukumati avtomobil yonilg‘isining chakana narxini qatorasiga ikkinchi marta, 4 yil ichidagi maksimal miqdorga pasaytirdi.

Xitoyning rivojlanish ishlari va islohotlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bir tonna benzin narxini 510 yuanga (73,5 dollarga), dizel yonilg‘isining narxini esa 490 yuanga kamaytirishga qaror qildi.  

Xitoyda neft mahsulotlari narxi har 10 ishchi kunida neftning global bozordagi narxi o‘zgarishiga qarab qayta ko‘rib chiqiladi. Avtomobil yonilg‘isi narxlari dunyoda neft narxlari orasidagi tafovut bir tonnaga 50 yuanni tashkil qilsa o‘zgaradi.

Shu bilan birga qo‘mita Xitoyning yetakchi uchta kompaniyasi – PetroChina, Sinopec va CNOOC’dan neft mahsulotlarini tegishli ravishda ishlab chiqarish va tashishni tashkil etish, yetkazmalar barqarorligini kafolatlash va davlat narx siyosatiga qat'iy rioya qilishni talab qiladi.

Top