Statistika agentligi 2024 yilning yanvar-mart oylaridagi sanoat işlab çiqarişi böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida gaz qazib oliş hajmi 11,6 mlrd kub metrni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 725 mln kub (2022 yilning yanvar-mart oylarida 12,3 mlrd kub metr bölgan) yoki 5,9 foizga qisqargan.

2024 yilning yanvar-mart oylaridagi gaz qazib oliş körsatkiçlari:
- Yanvar – 3,99 mlrd kub (ötgan yilning mos davrida – 4,31 mlrd kub);
- Fevral – 3,71 mlrd kub (3,85 mlrd kub);
- Mart – 3,89 mlrd kub (4,16 mlrd kub).
Ma’lumot uçun, 2022 yilda ham gaz qazib oliş 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgaça yoki 9,6 foizga qisqargan.
2017-2023 yillar oraliğida tabiiy gaz qazib oliş hajmining özgarişi (Statistika agentligi ma’lumotlari):
- 2017 yil – 56 mlrd 417,6 mln kub metr;
- 2018 yil – 60 mlrd 396,5 mln kub metr;
- 2019 yil – 60 mlrd 537,5 mln kub metr;
- 2020 yil – 49 mlrd 736,2 mln kub metr;
- 2021 yil – 53 mlrd 802 mln kub metr;
- 2022 yil – 51 mlrd 678,4 mln kub metr;
- 2023 yil – 46 mlrd 710,3 mln kub metr.
Sönggi yillarda Özbekistonda tabiiy gaz qazib oliş muttasil ravişda qisqarib bormoqda. Xususan, 2019–2023 yillar oraliğida bu qisqariş 22,8 foizni taşkil qilgan. Mahalliy işlab çiqarişning kamayişi Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi hisobiga qoplanyapti.
Birinçi çorakda kömir qazib oliş 969 tonnani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 20,2 tonna yoki 2 foizga qisqargan.

Şuningdek, hisobot davrida neft qazib oliş 195,5 ming tonnadan 179,1 ming tonnaga kamaygan bölsa, gaz kondensati işlab çiqariş 319,5 ming tonnadan 326,3 ming tonnaga oşgan.

















