«Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi. Unda mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorning rolini oshirish borasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yerlarning xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish borasida:

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan 3 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi;
  • bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berildi.

Yashash guvohnomasi bo‘lmagan xorijliklarga yangi ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat berildi

2022 yil 1 maydan boshlab ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko‘chmas mulk obektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish huquqi berildi:

  • Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 180 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari;
  • boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obektlarida qiymati 85 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk obektlari.

Qayd etish kerakki, yuqorida nazarda tutilgan ko‘chmas mulk obektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo‘lmaydi. O‘z navbatida yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan ko‘chmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida