UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain boş direktori Bo Andersson öz faoliyatini yakunladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Janob Andersson rahbarligida işlab çiqariş körsatkiçlari sezilarli darajada oşirildi. Şuningdek, “UzAuto Motors” AJning Andijon va Xorazm viloyatlaridagi korxonalarida yengil avtomobillar işlab çiqariş miqdorining ösişi kuzatildi, mahsulot sifati yaxşilandi va avtomobil modellari röyxati kengaytirildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Bo Andersson muddati ötgan debitor qarzlarini öz vaqtida bartaraf etiş çoralarini körmagani uçun jarimaga tortilgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, şvetsiyalik mutaxassis 2021 yil avgustida UzAuto Motors boş direktori etib tayinlangan edi. U avtomobilsozlik sohasidagi top-menejerlardan biri bölib, Şvetsiyaning Saab, Rossiyaning GAZ va AvtoVAZ kompaniyalarida işlagan.








