17:00 / 02.08.2022
2948

OKMK tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etadi!

Joriy yilning 4-5 avgust kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki”da hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur yarmarkada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham ishtirok etadi.

Yarmarka jarayonida kombinat o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘ladigan import mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish hamda kichik va o‘rta biznes bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni mo‘ljallamoqda.

Kombinat tomonidan tarmoqlararo yarmarka doirasida 2022 yilda kooperatsiya shartnomalari hajmini 560 mlrd so‘mdan 900 mlrd so‘mgacha (160%) oshirish rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning sanoat salohiyatini yanada oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sanoat anjumaniga barcha tadbirkorlik sub’yektlarini taklif etamiz.

Kombinat tomonidan import qilinadigan mahsulotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.agmk.uz/oz/menu/import-masulotlar-rjhati

Ma’lumot uchun telefon: 93 182-14-55

OKMK Axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top