Valutafurushlikka qonunan ruxsat berish rejada yo‘q - MB raisi o‘rinbosari
Markaziy bank tomonidan valutani sotish yoki sotib olish xizmatini xususiy sektorga litsenziya asosida berish masalasi hali ko‘zda tutilmagan. Chunki banklar soni yetarli va ularning aksariyati xususiy tarzda tijorat bo‘yicha oldi-sotdi qilib kelyapti, deya ma'lum qildi tashkilot raisi o‘rinbosari.

Behzod Hamroyev
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev Kun.uz muxbirining valutani sotish yoki sotib olish xizmati litsenziya asosida xususiy sektorga berilishi borasidagi savoliga javob qaytardi.
Ma'lum qilinishicha, bu hali noma'lum jarayon. Chunki banklarning o‘zi yetarli darajada faoliyat yuritmoqda.
«Hozirda litsenziya asosida xususiy sektorga berish masalasi ko‘zda tutilmagan. Chunki banklarimizning o‘zi yetarli. Hammasi xususiy. Ularning barchasi tijorat bo‘yicha oldi-sotdi qilib kelyapti.
Buni bosqichma-bosqich ko‘rib boraverishimiz kerak. Mana masalan, navbatdagi bosqichda banklarga valutani o‘z hisobiga sotib olib, keyin mijoziga sotish imkoniyatini yaratyapmiz.
Bu sekin-sekin rivojlantirib boriladi. Lekin hozirgi paytda xususiy sektorga buni berish ko‘zda tutilmagan. Zarurat bo‘lsa bu masala yana ko‘riladi. Chunki banklarning o‘zi eplab turibdi. Har kuni vaziyat o‘zgaradi, yangiliklar bo‘ladi. Islohotlar qilib borilaveradi. Bir narsani qat'iy, yo‘q unday bo‘ladi yoki bu bunday bo‘ladi, deb aytish juda qiyin.
Ko‘p hisob-kitoblar, tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, buni Rossiya yoki Qog‘ozog‘iston misolida aytsam, ularda qaytib yana bankka olib berilgan vaziyatlar bo‘lgan. Ya'ni, birinchi xususiy sektorga berilgan. Keyin undan qaytib faqat banklar qilsin, deyilgan. Ma'lum bir jinoyat bilan bog‘liq elementlari va boshqa har xil sabablar bo‘lgani uchun shunday», – dedi tashkilot rasmiysi.
Ma'lumot uchun, 2017 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston prezidenti «Valuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi. Hujjatda yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta'minlashi belgilangan.
Avvalroq, O‘zbekistonda xorijiy valutalar kursi keskin oshishi ortidan ko‘pchilik banklar sotuvda cheklovlar o‘rnatayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Bunga nisbatan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov bu kabi cheklovlar qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valutasi miqdori 3,7 milliard AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 25 foizga yoki 744 million dollarga oshgan edi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

20:17 / 21.03.2025
Rossiya Markaziy banki chet elga pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarni 6 oyga uzaytirdi

12:22 / 20.03.2025