24 aprel kuni Markaziy bank boşqaruvi asosiy stavkani özgarişsiz, 14 foiz darajasida qoldiriş töğrisida qaror qabul qildi.

Markaziy bank nima sababdan bunday qaror qabul qilinganini izohlovçi rasmiy press relizni e’lon qildi.

Regulyatorga köra, sönggi oylarda şakllangan umumiy va bazaviy inflatsiya körsatkiçlari inflyatsion jarayonlar va vaziyatning muallaq holatda qolayotganini körsatmoqda. Yalpi talab va taklif örtasidagi nomutanosibliklar hamda taşqi noaniqliklarning kuçayib borişi bilan boğliq xatarlar pul-kredit şaroitlarini nisbatan qat’iy, joriy darajasida saqlab qolişni taqozo etgan.

“Uşbu qaror inflatsiya körsatkiçlari va kutilmalarini barqaror pasayiş trendiga qaytarişga va örta muddatli istiqbolda 5 foizlik targetga erişiş uçun yetarli şaroit yaratişga xizmat qiladi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

MB ma’lumotlariga köra, yil boşidan umumiy inflatsiya darajasi ösuvçi trendga ötib, mart oyida yillik 10,3 foizni taşkil etdi. Ayni paytda, bazaviy inflatsiya ham tezlaşişda davom etib, yillik 8,1 foizga yetdi. Bu, öz navbatida, narxlarga taklif omillari bilan bir qatorda talab omillari ham oşiruvçi ta’sir körsatayotganini aks ettirmoqda.

“Yoqilği va energiya ta’minoti yaxşilanişi hamda almaşuv kursining nisbatan barqaror şakllanişi ta’sirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mart oyida pasaygan bölsa-da, joriy inflatsiya körsatkiçlaridan yuqori darajada qolmoqda.

2024 yildagi energiya narxlari erkinlaştirilişining birlamçi ta’siri II çorak yakunida tugab, umumiy inflatsiya uçun pasaytiruvçi ta’sirga ega böladi. Bundan taşqari, xalqaro savdo şaroitlarining yomonlaşişi global iste’mol narxlari bilan bir qatorda işlab çiqariş xarajatlarining ortişi va taşqi inflyatsion bosimlarning kuçayişi xavfini oşirmoqda”, - deyiladi regulyator xabarida.

Yangilangan prognozlarga köra, 2025 yil yakuniga qadar umumiy inflatsiya körsatkiçi 7-8 foizlik prognoz koridorining yuqori çegarasiga yaqin darajada şakllanişi kutilmoqda.

Birinçi çorakda yalpi iste’mol va investitsion faollikning oşişi hisobiga iqtisodiy ösiş 6,8 foizgaça tezlaşdi. Transçegaraviy pul ötkazmalari hajmining yuqori ösişi hamda kreditlaş sur’atlarining tezlaşişi ham yalpi talabni qöllab-quvvatlamoqda.

Regulyator 2025 yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi içki mahsulot ösişi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida şakllanişini prognoz qilyapti. Bunda xususiy investitsiyalar iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlovçi omil bölib, tovar va xizmatlar taklifining ortişiga xizmat qiladi.