Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar tomonidan banklarda sotib olingan valuta hajmi qariyb 3 barobar oshdi
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valutasi miqdori 3,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 25 foizga yoki 744 mln. dollarga oshdi.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan banklarda sotib olingan valuta hajmi esa 3,3 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida – 1,2 mlrd. dollar).

Bunda ushbu mablag‘larning 79 foizi aholi tomonidan valuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd ko‘rinishda hamda 21 foizi yoki 687 mln. doll. muqobil tartibda (onlayn konversiya, avtomatlashtirilgan ayirboshlash bankomatlari va hokazo) xarid qilingan.
Ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 350 mln. dollarga yetdi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
14:03 / 08.04.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
22:27 / 30.03.2026
Mart oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
08:35 / 22.03.2026