Volontyorlik loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish boshlanadi
Prezidentning "Volontyorlik faoliyati tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har bir hududdagi 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalarini amalga oshirish uchun har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratish amaliyoti joriy qilinadi.
Bunda, har yili volontyorlar ishtirokida o‘tkaziladigan yirik tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar volontyor.uz elektron platformasiga joylashtirib boriladi va tadbirlarda ishtirok etadigan volontyorlarni platforma orqali elektron ro‘yxatga olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Yoshlar ishlari agentligi:
- O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uchun volontyorlar ishtirokida o‘tkaziladigan yirik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash amaliyotini yo‘lga qo‘ysin;
- amaliy chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini har yarim yilda kamida bir marta tahlil qilgan holda, ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etib borish choralarini ko‘radi;
- xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini ko‘tarilishiga qaratilgan takliflarni xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga kiritib boradi.
Mavzuga oid
13:29 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
14:20 / 07.10.2024
Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
07:07 / 23.08.2024