DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining "Davlat-xususiy sheriklik sohasini takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- DXSh loyihalarini dastlabki baholash, tashabbus qilish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va kelishish;
- DXSh loyihalarining tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish, davlat-xususiy sheriklik shartnomasini tuzish;
- DXSh loyihalarini amalga oshirishda yer uchastkalari va mulkiy komplekslarni taqdim etish;
- DXSh loyihalari reyestrini yuritish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va hisobot taqdim etish.
Shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda DXSh loyihalari doirasida obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, ta’mirlash va saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni ta’minlash manbalari ko‘rsatilgan. Nizomda davlat budjetidan subsidiyalar va kreditlar ajratish, kredit liniyalarini ochish, shuningdek, budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.
Manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda hokimiyatlarga umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan DXSh loyihalarini amalga oshirishda xalqaro Source platformasiga ulanish orqali investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va xalqaro investorlarni jalb qilish bo‘yicha choralar ko‘rish topshirildi. Source'da DXSh loyihasi konsepsiyasi, tender hujjatlari va bitim shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 08:12
-
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi
Jahon | 08:10
-
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 07:41
-
Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi
Jahon | 07:39
Mavzuga oid

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

15:34 / 10.04.2025
«O‘zbekiston investorlari kuni» yana 7 ta shaharda tashkil etiladi

14:00 / 09.04.2025
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi

09:18 / 07.04.2025