Joriy yil 22 avgustdan “Taşabbusli budjet” jarayonining ikkinçi mavsumi doirasida ovoz beriş bosqiçi boşlandi. AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari va OAV vakillari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.   
 
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti siyosati departamenti direktori örinbosari Şohruh Eşonqulov qayd etganidek, “Taşabbusli budjet” jarayonini taşkil etişda fuqarolarning faolligi uşbu loyihaning yanada ahamiyatli ekanini körsatmoqda.   

“Uşbu mavsumda fuqarolar tomonidan 27 mingdan ortiq loyiha ilgari surilgan. Şundan 23 mingdan ortiq qismi işçi guruhlar tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq tanlab olindi va ovoz beriş jarayoniga ötkazildi. Ğolib loyihalarni moliyalaştiriş uçun 2 trillion sömdan ortiq mablağ yönaltirilişi kutilmoqda. Joriy mavsumning avvalgi mavsumlardan farqli tarafi şundaki, endilikda “Taşabbusli budjet” jarayonlari 4 bosqiçda ötkaziladi.

Ya’ni, 6—26 iyul kunlari taklif kiritiş bosqiçi, 26 iyuldan 15 avgustga qadar moderatsiya bosqiçi, 15—22 avgust kunlari saralaşdan ötgan loyihalar böyiça tarğibot bosqiçi va 22 avgustdan 1- sentabrga qadar saralaşdan ötgan loyihalarga ovoz beriş bosqiçi ötkazilişi rejalaştirilgan. Hammamizga ma’lumki, 2024 yil “Taşabbusli budjet” jarayonlarining  1-mavsumidan boşlab “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etilgan. Bu esa har bir fuqaroning ovoz berişda bir marotaba iştirokini ifoda etadi”, deydi Şohruh Eşonqulov.   

Barça mahallalar uçun ğolib böliş imkoniyatini yaratiş maqsadida endilikda “Taşabbusli budjet” doirasida sönggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba ğolib deb topilgan mahalla (taşkilot)lar uçun navbatdagi ikki mavsum doirasida tanaffus e’lon qilinadi. Uşbu mahallalar uçun loyiha kiritiş imkoniyati çeklanadi. Mazkur tartib, ya’ni tanaffus qöllaş amaliyoti 2025 yil 2-mavsumdan boşlab qöllanadi.