Diyora Keldiyorova – Olimpiada chempioni!
U O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin olgan ilk ayol sportchi bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi esa Parijda medallar hisobini ochdi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi o‘yinlaridagi ilk medalni qo‘lga kiritdi.
Dzyudo bo‘yicha bahslar finalida -52 vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova kosovolik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi.
O‘zbekistonlik dzyudochi uchrashuvning ikkinchi daqiqasida ishlangan vazari hisobiga olgan 1 ochkosi bilan Yevropaning ikki karra chempioni ustidan g‘alabaga erishdi hamda O‘zbekiston hisobiga dastlabki medal – oltinni qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etish kerakki, bu Diyora Keldiyorova faoliyati va O‘zbekiston tarixidagi eng muhim g‘alaba sanaladi. Shu vaqtgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilar Olimpiadalar finaliga chiqmagandi. Ayol sportchilardan faqatgina Yekaterina Hilko Pekin-2008da trampolindan sakrashda bronza medalini qo‘lga kiritgan va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi.
Diyora Keldiyorova esa O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston dzyudosi tarixida olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan ilk sportchi bo‘ldi.
26 yoshli o‘zbekistonlik dzyudochi bugungi bahslarda dastlab nimchorakfinaldayoq yaponiyalik amaldagi Olimpiada chempioni Uta Abening 5 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berib, uni turnirdan chiqarib yuborgani bilan shov-shuv ko‘targandi. Keyin esa chorakfinalda germaniyalik Masha Ballhausni mag‘lub etdi, final uchun bahsda esa mezbonlar vakili, Tokio Olimpiadasining oltin (jamoaviy) va kumush medali sohibi Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratdi.
Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Diyora Keldiyorova faoliyati davomida jahon chempionatlarida ikki kumush va bir bronza qo‘lga kiritgan, ikki marta Osiyo chempioni va bir marta Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi

18:15 / 13.09.2024