O‘zsanoatqurilishbank korrupsiya holatlari haqida xabar beradigan maxsus aloqa kanallarini ochdi
Bank mijozlari va xodimlari tizimdagi korrupsion xavf-xatarlar yuzasidan Bank Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga murojaat qilish imkoni yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi jamiyatning barcha a'zolari “halollik vaksinasi” bilan emlanmas va korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tilmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmasligimizni ta'kidlagan edi.
O‘zsanoatqurilishbank tizimiga ham halollik standartlarini joriy etish, bunda korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta'sirchan tizimini yaratish, xodimlar zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Joriy yilning 13 noyabridan O‘zsanoatqurilishbank tizimida yo‘lga qo‘yilgan korrupsion holatlar to‘g‘risida ma'lumotlarni to‘plashning yangi mexanizmi bu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy ifodasidir. Mazkur mexanizm Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida ishonchli ma'lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish, tahlil qilish va ularning kelib chiqish sabablarini tizimli va chuqur tahlil qilish imkonini beradi.
Ushbu jarayonga keng jamoatchilik, ayniqsa, Bank xodimlari, mijozlari va hamkorlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, endilikda fuqarolar tizimda korrupsiyaga oid xavf-xatarga duch kelganda alohida ajratilgan ishonch telefoni (0-800-120-8888), Telegram boti va elektron pochta orqali Bankning maxsus aksilkorrupsiya bo‘linmasiga anonim va shaxsini ochiqlagan holda xabar berishi mumkin.
Xabarlar avtomatik ravishda qabul qilinadi va tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar guruhi tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil natijalari esa Bank Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga chora ko‘rish uchun taqdim qilinadi.
Agarda Siz O‘zsanoatqurilishbank tizimida shubhali holatlarga guvoh bo‘lsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Telefon: 0-800-120-8888;
Bank rasmiy veb-saytidagi maxsus elektron pochta;
Telegram bot: t.me/sqbantikor_bot
Bank Axborot xizmati
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021