“Özsanoatqurilişbank” jami 2 mlrd 844 mln söm qiymatdagi 6ta Tracker-2 TRK Premier va 3ta Equinox avtomobili sotib oliş böyiça şartnomalar tuzgan.
Asosiy ta’sisçilari davlat organlari va davlat jamğarmalari bölgan “Özsanoatqurilişbank” hududiy filiallari uçun bir qança avtomobillar xarid qilgan.

Telegram’dagi davletovuz kanali muallifining e’tibor qaratişiça, 18-28 oktabr kunlari “Özsanoatqurilişbank” har biri 249 mln söm bölgan 6ta Tracker-2 TRK Premier xarid qiliş uçun UzAuto Motors dilerlari bilan umumiy qiymati 1,5 mlrd sömga yaqin şartnomalar imzolagan. Bu haqdagi ma’lumotlar davlat xaridlari saytiga joylaştirilgan(1,2,3,4,5,6).
Şuningdek, bank tomonidan har biri 450 mln söm bölgan 3ta Equinox avtomobili sotib oliş böyiça ham şartnomalar tuzilgan(1,2,3).
Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov Bandixon tumani hokimi minişi uçun Skoda Kodiaq maşinasini sotib olişga 429 mln söm ajratiş haqida farmoyiş çiqargan edi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bunga qarşi çiqib, farmoyişni bekor qildirdi.








