O‘zbekiston | 08:10 / 13.02.2021
20398
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yangi yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qildi 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati yangi yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, 2021 yilning 15 fevral kunidan boshlab, «Andijon – Nukus – Andijon» yo‘nalishida 658/657-sonli, 2021 yilning 18 fevraldan boshlab, «Termiz – Xiva – Termiz» yo‘nalishida 684/683-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi boshlanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilda bir qator yo‘nalishlarda harakatlanadigan poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi:

  • 14 fevraldan, 93-sonli «Andijon – Toshkent»;
  • 17 fevraldan, 84/83-sonli «Toshkent – Termiz – Toshkent»;
  • 19 fevraldan, 656-sonli «Andijon – Xiva»;
  • 20 fevraldan, 6434-sonli «Urganch – Pitnak»;
  • 21 fevraldan, 398-sonli «Andijon – Xiva».

Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin ekani aytiladi.

Mavzuga oid