Murmansk oblastida Kandalakşa rayonidagi Knyajaya stansiyasi yaqinida Murmansk – Sankt-Peterburg yönalişi böylab harakatlanayotgan 11-sonli yölovçi poyezdi bilan yuk poyezdi töqnaşib ketdi, deb xabar berdi 18 dekabr, çorşanba kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Baxtsiz hodisadan söng ayol tez yordam maşinasida vafot etdi, deb xabar berdi TASS agentligi tezkor xizmatlarga tayanib. Vazirlik ma’lumotlariga köra, kamida 14 kişi jarohatlangan.
Kasalxonaga yotqizilgan ön kişidan yetti nafarining ahvoli örtaça oğir, kamida sakkizta vagon relsdan çiqib ketgan, deb yozadi TASS.
Agentlik Rossiya temiryöllari (RJD)ga tayanib, poyezd halokatidan söng bir kişi vagon içida qolib ketganini xabar qildi. Hududiy ofatlar tibbiy markazining vertolyoti parvozga tayyorlanmoqda, avtobuslar yölovçilarni evakuatsiya qiliş uçun jönab ketdi.
Prokuratura tergovni boşladi. Tergov qömitasi tomonidan temiryöl transporti harakati va ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buzganlik (Jinoyat kodeksining 263-moddasi) moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Yölovçi poyezdi 326 kişini olib ketayotgan bölişi mumkinligi aytilgan.
Tez yordam maşinalari jabrlanganlarni Kandalakşa markaziy rayon kasalxonasiga yetkazmoqda.
Rossiya temiryöllari ma’lumotlariga köra, yölovçi poyezdida 326 kişi bölgan.
Murmansk oblastidagi uçastkada poyezdlar harakati töxtatildi, oqibatlarini bartaraf etiş uçun Kandalakşa va Kem stansiyalaridan qayta tiklaş tarkiblari jönatildi, deb yozadi Rossiya agentliklari.
Murmansk oblasti gubernatori Andrey Çibisning aytişiça, tezkor ştab tuzilgan, yettita tez yordam brigadasi hududga jönab ketgan, zaxiradagilar şakllantirilmoqda. Voqea joyiga Kandalakşa rayoni rahbari yöl oldi, Çibisning özi ham Moskvadagi xizmat safarini töxtatib, viloyatga qaytmoqda. Favqulodda holat sabablari aniqlanmoqda.












