2024 yil 11 dekabrda Toşkentdagi First Dry Port Terminal MÇJdan Braziliyaga birinçi blok-poyezd yölga çiqdi.

FDP'dan LogiStan'ga ma’lum qilinişiça, poyezdda har birida 28 tonna karbamid bölgan 54 qirq futlik konteyner bor.

Poyezd yönalişi Özbekiston, Turkmaniston, Ozarboyjon va Gurjiston orqali ötadi. Poti portida konteynerlarni kemaga ortiş va dengiz orqali Braziliyaning Paranagua portiga yetkaziş rejalaştirilgan, deb tuşuntirdi First Dry Port Terminal vakili.

Yuboruvçi – Özbekiston kimyo sanoatida eksport-import operatsiyalari böyiça yagona agent bölgan «Özkimyoimpeks» kompaniyasi.

Taxminiy yetkazib beriş muddati 60 kundan 70 kungaça. Özbekistondan Potiga konteynerlar 20 kun içida yetkazilişi rejalaştirilgan, dengiz yönalişi esa taxminan 35–45 kun davom etadi.