09:00 / 04.03.2021
11730
Reklama

Manzara turar joy majmuasida 2 xonali xonadonlar maxsus taklif bilan hamyonbop narxda sotilmoqda

Manzara zamonaviy turar joy majmuasi yuqori sifatli va shinam xonadonlar keng tanlovini taklif etadi.

Bizning Uylar Development kompaniyasi tomonidan bunyod etilayotgan Manzara turar joy majmuasi – bu shaharning yangi mavzesi, keng ko‘lamli Yunusobod Business City'ning tarkibiy qismidir. Qurilishning umumiy maydoni 45 gektardan ortiq bo‘lib, «shahar ichidagi shahar» g‘oyasi asosida bunyod etilmoqda. Konsepsiyaga ko‘ra majmua aholisi o‘z hududlaridan tashqariga chiqmasdan keng turdagi barcha kerakli xizmatlardan foydalanishlari, xaridlarni amalga oshirishlari, kafe va restoranlarga tashrif buyurishlari mumkin.

Manzara turar joy majmuasi – o‘n ikkita ko‘p qavatli uy-joylardan iborat bo‘lib, uylar to‘qqiz qavatni tashkil etadi. 2021 yil yozida majmuadagi 1122 ta xonadonga oilalar ko‘chib keladi. Xonadonlar tayyor ta'mirlangan holda sotuvga qo‘yilgan. Obektning ulkan hududida rivojlangan infratuzilma: ko‘kalamzor maydonlar, sayr yo‘laklari, puxta o‘ylab loyihalangan jamoat joylari, bolalar va sport maydonchalari, o‘zining ichki avtoturargohi va avtoulovlarsiz hovlilar bo‘lib, bularning barchasi majmua aholisining farovon hayoti uchun xizmat qiladi.

Xonadonlar loyihasining turli xil ekanligi xaridorlarga o‘zlariga eng maqbul uy-joy variantini tanlash imkoniyatini beradi. Yosh oilalar uchun majmuadagi 45 kvadrat metr maydonga ega xonadon ideal yechim hisoblanadi. Bunday maydonga ega ommabop ergonomik xonadon puxta loyihalangan bo‘lib, unda dahliz, yo‘lak, oshxona, mehmonxona, yotoqxona va hatto balkon ham mavjud. Albatta bu turdagi ko‘chmas mulkka talab katta bo‘lganligi sabab xonadonlar soni cheklangan.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top