Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga direktor tayinlandi
Hududiy kadastr organlari hokimlar nazoratidan chiqarilib, vertikal tizim asosida yuqori turuvchi organga - Kadastr agentligiga to‘liq bo‘ysunadi.
Prezident qarori bilan Halilillo Sobirjonovich To‘raxujayev O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Kadastr agentligi prezidentning tegishli qarori bilan tashkil etilgan.
Ushbu qarorga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari negizida Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etildi. Ularning boshliqlari Kadastr agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hududiy kadastr organlari endi hokimlar nazoratidan chiqarilib, vertikal tizim asosida yuqori turuvchi organga — Kadastr agentligiga to‘liq bo‘ysunadi.
Hozirga qadar «Davergeodezkadastr» qo‘mitasining hududiy boshqarmalari ushbu Qo‘mitaga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hisobot berar, ularning boshliqlari esa «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi raisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanar edi.
Mavzuga oid
21:49 / 19.04.2021
Qashqadaryoda attestatsiyadan o‘tolmagan 259 nafar kadastr agentligi rahbar va mutaxassis xodimi ishdan bo‘shatildi
19:44 / 25.01.2021
Toshkent viloyati va poytaxt chegarasidagi nizoli hudud: Kadastr agentligi xulosa berdi, deputat bu xulosadan shubhada
18:02 / 30.06.2020
«Yergeodezkadastr»ning sobiq raisi yangi lavozimga tayinlandi
11:54 / 30.06.2020