Özbekiston prezidentining farmoni bilan Halilillo Sobirjonoviç Töraxöjayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Halilillo Töraxöjayev 1972 yil 21 yanvarda Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi. 

U 1997 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toşkent şahar Hamza tumani sudining kureri lavozimida işlaşdan boşlagan. 

1992-1997 yillarda Toşkent şahar Hamza tumani sudining kotibi, sud ijroçisi, 1997-2000 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta, yetakçi, boş maslahatçisi, 2000-2001 yillarda Çilonzor tuman sudining sudyasi, 2001-2003 yillarda Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tumanlararo sudi sudyasi, 2003-2005 yillarda Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudining sudyasi, 2005-2008 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi bölib işlagan.

2008-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Davlat maslahatçisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, Sud tizimi faoliyati masalalari böyiça yetakçi inspektori, 2014-2017 yillarda Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudining raisi, 2017 yil 12 apreldan 12 dekabr kuniga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati Davlat maslahatçisining örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan. 

  • Halilillo Töraxöjayev 2017 yil 12 dekabrdan buyon Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.
  • U yangi lavozimida Abduşukur Abdullayev örniga «Yergeodezkadastr»ga rahbarlik qiladi.