10:04 / 15.05.2018
15254

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklandi

Foto: nuz.uz

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 1992 yilda to‘xtatib qo‘yilgan muntazam avtobus qatnovi 15 may kuni tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Avtomobil transport agentligi xabar bermoqda.

Toshkent-Xo‘jand-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi taqdimot reysi 15 may kuni «Toshkent» avtovokzalidan mahalliy vaqt bilan soat 08:30da yo‘lga chiqdi. Unda vazirliklar va idoralar hamda OAV vakillari, ishchi guruh a'zolari bor.

Ta'kidlanishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi yo‘nalish masofasi 174 kilometrni tashkil qiladi.

May oyi boshida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida avtobuslar harakati tiklangandi.

Yanvarda esa O‘zbekiston hamda Qozog‘iston o‘rtasida ham avtobus qatnovi tiklandi.

 

Top