Jahon | 16:36 / 16.04.2024
12491
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab dronlarga qarshi kurash tizimi va Dniproga hujum oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 782-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Buning uchun beshinchi moddani faollashtirish shart emas». Zelenskiy NATO mamlakatlarini Ukrainani ham xuddi Isroilni Erondan himoya qilgandek himoya qilishni so‘radi.
  • Reuters agentligi yozishicha, Rossiya dronlar hujumidan shikastlangan neftni qayta ishlash zavodlarini qisman tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
  • The Washington Post: AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Zelenskiydan Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilishni to‘xtatishni so‘ragan, Ukraina prezidenti bu tavsiyani «e’tiborsiz qoldirgan».
  • CNN Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berish taktikasini o‘zgartirgani haqida xabar berdi.
  • Devid Kemeron: Buyuk Britaniya Ukrainaga dronlarni urib tushirishda yordam berolmaydi, chunki NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv «xavfli eskalatsiya» bo‘ladi.
  • «Suspilne»: Ukraina qurolli kuchlari Qrimda Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi.

Zaporijjya oblastida havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi

Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga muntazam ravishda raketa va dronlar bilan hujum qilib, aviabombalar tashlamoqda va front chizig‘ini artilleriyadan o‘qqa tutmoqda. Zaporijjya oblasti — Ukrainaning RF qo‘shini muntazam ravishda havodan o‘qqa tutayotgan regionlaridan biri. «60 kilometrgacha masofadan o‘qqa tutishmoqda. „Chiqish“ va „kelish“ orasidagi vaqt 30-40 soniyadan ko‘p bo‘lmayapti», — degan region rahbari Ivan Fedorov Liga.net uchun intervyuda oblast ma’muriy markazi o‘qqa tutilishi borasida. Zaporijjya oblastini havo hujumlaridan 117-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi himoya qilmoqda.

Zaporijjya oblastida 117-mexanizatsiyalashgan brigadaning mobil havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi jangchilari
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi vazifasi — havo tahdidini aniqlash, keyin esa uni bartaraf etish. Rossiyaning parvoz vaqtida o‘ziga xos tovush chiqaradigan zarbdor dronlarini aniqlash uchun butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan akustik datchiklar tizimidan ham foydalaniladi. Bu tizim samaradorligi to‘g‘risida amerikalik general Jim Heker 2024 yilgi AFA Warfare Symposium harbiy simpoziumida ham aytib o‘tgan, deb yozgan «Fokus» nashri 2024 yil martida.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda urush faxriylari uchun hospital

Kiyev shahridagi urush faxriylari klinik hospitali ko‘p yillar mobaynida Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan, ammo 2014 yildan buyon u yerda Rossiya bosqiniga qarshi kurashgan ukrain himoyachilari ham da’volanib kelmoqda.

Kiyev shahri davlat ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Mikola Povoroznikning ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda hospitalda 2265 nafar harbiy xizmatchi davolangan.

«Bu zamonaviy jihozlar va yuqori malakali mutaxassislarga ega muassasa bo‘lib, biz uni yangilashda davom etmoqdamiz. Bu yerda vatan himoyachilari yaralanganidan so‘ng davolanish va tiklanish jarayonidan o‘tishi mumkin», — degan Povoroznik.
Lyubov Golubʼyatnіkova / KMDA
Lyubov Golubʼyatnіkova / KMDA
Lyubov Golubʼyatnіkova / KMDA
Lyubov Golubʼyatnіkova / KMDA
Shahar rasmiysi qo‘shimcha qilishicha, hospitalda turli tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi, jumladan, neyroreabilitatsiya, ortopedik va psixologik reabilitatsiya, shuningdek keng qamrovli reabilitatsiya yordami ham.
Lyubov Golubʼyatnіkova / KMDA

Dnipro o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya qo‘shini 15 aprel kuni kechqurun Dnipro bo‘ylab navbatdagi raketa zarbasini yo‘lladi. Havo hujumidan mudofaa tizimi urib tushirgan raketalar parchalari Dniprodagi xususiy uylarni shikastlagan, shuningdek Lyublyanskayadagi ichida uch kishi bo‘lgan avtomobil ustiga tushgan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida to‘qqiz kishi jarohat olgan, jumladan 15 yoshli o‘smir ham. Dniproda 33 ta xususiy uy, 10 ta avtomobil va yuk ortish mashinasi shikastlangan.

Dniproda raketa parchalari tushishi oqibatida shikastlangan uylardan biri
Dmytro Solodovnyk / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Dniprolik ayol Rossiyaning urib tushirilgan raketasi parchalari tushgan ko‘chani supurmoqda
Mykola Miakshykov / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA
Dniprodagi uylardan birida rossiyaliklar raketasi parchasi tushishi oqibatlari
Mykola Miakshykov / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid