Ukraina Taşqi işlar vazirligi Britaniyaning The Times gazetasida «Kiyev tezkorlik bilan 1945 yilda Nagasakiga taşlangan bomba kabi oddiy qurolni yaratişi mumkin», deyilgan maqolaga izoh berdi.

«Ukraina Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga rioya qiladi; biz bunday qurolga ega emasmiz, unga tuşunmaymiz va yaratiş niyatimiz yöq. Ukraina MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qiladi va uning monitoringi uçun mutlaqo şaffofdir, bu esa harbiy maqsadlarda yadroviy materiallardan foydalanişni istisno etadi», — dedi TIV vakili Georgiy Tixiy.

The Times gazetasi 13 noyabr kuni Ukraina Mudofaa vazirligi uçun tayyorlangan hisobot haqida yozgandi. Unda «agar Donald Tramp AQŞ harbiy yordamini rad etsa, Kiyev bir neça oy içida oddiy atom bomba yaratişi mumkinligi» qayd etilgan. Hisobotni Ukrainadagi nufuzli harbiy tahlil markazi hisoblanuvçi Armiya, konversiya va qurolsizlanişni örganiş markazi tayyorlagan.

Gazeta iqtibos keltirgan hujjatda ta’kidlanişiça, Ukraina tezkorlik bilan AQŞ tomonidan 1945 yilda Nagasakiga taşlangan «Baqaloq» bombasi texnologiyasi böyiça plutoniydan bomba yaratişi mumkin. «Qöşma Ştatlar Manxetten loyihasi doirasida amalga oşirganidek, 80 yildan keyin oddiy atom bombasini yaratiş qiyin iş bölmaydi», — deyiladi hisobotda.

Qurolsizlaniş masalalari böyiça mutaxassis Pavel Podvig The Times maqolasini «mutlaq telbalik» deb atadi. «Aftidan, Ukrainada yetti tonna plutoniy borligi va undan «yuzlab turdagi qurollar»ni yaratişi mumkinligi inobatga olingan körinadi. Ammo plutoniyning barçasi yoqilği körinişida. Uni ajratib oliş uçun qayta işlovçi zavod kerak, Ukrainada bölsa, u yöq», — deydi Podvig.