O‘zbekiston | 12:00 / 22.12.2021
7546
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yirik biznes tadbir - Ibrahim Gulyamovning «Biznes Kouching» dasturi. Unda 600ga yaqin biznes egalari qatnashdi

Foto: bk.pcg.uz

«Biznes Kouching» o‘zi nima va tadbirkorga nima bera oladi?

«Katta bizneslar kattalashib boraveradi, kichiklari esa yuzaga chiqmaydi — yopilib ketadi yoki bir joyda rivojlanmay qolaveradi. Chunki...». Bu gaplarni aytar ekan, odamlar turli vajlarni misol qilib keltiradi, ammo masalaning mohiyatiga yetish uchun ozgina izlanish, fikr qilish, o‘z ustida ishlash, yangiliklarni o‘rganish va zamon bilan hamnafas bo‘lish kerakligi haqida o‘ylab ko‘rmaydi.

Yirik kompaniyalar haqida gap ketsa, ishonch bilan aytish mumkinki, ularning asoschilari, rahbarlari va top-menejyerlari muntazam ravishda o‘z ustida ishlaydigan, yangi bilimlar olish harakatida bo‘ladigan odamlardir. Buning uchun esa ular turli kouchinglarda ishtirok etadi, treninglarda qatnashadi, kitob o‘qiydi.

Endi o‘ylab ko‘ring, o‘z ustida ishlamaydigan, zamondan ortda qolgan uslublar yordamida o‘z faoliyatini yuritadigan, hech bo‘lmasa 1 oyda birgina kitob o‘qimaydigan tadbirkorning biznesi rivojlanmay qolaverishi yoki vaqt o‘tishi bilan tanazzulga yuz tutishi tabiiy hol emasmi?

Foto: bk.pcg.uz

Kun sayin biznes qilish qiyinlashib bormoqda, negaki deyarli har bir sohada raqobat kuchaymoqda, o‘zgarishlar kuzatilmoqda, yangiliklar paydo bo‘lmoqda. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bunday sharoitlarda muvaffaqiyatga erishish uchun mijozlarning ehtiyojlarini qondira oladigan, odamlarning muammolarini bartaraf qiladigan va shu bilan birga, bunda raqobatchilarni ortda qoldiradigan taklif bera olish kerak.

Biznesini muayyan bosqichga yetgandan so‘ng rivojlantira olmayotgan korxona egalarida talaygina savollar bo‘lishi mumkin. Nima uchun o‘z faoliyatini mendan keyin boshlagan raqobatchilarim mendan o‘zib ketyapti? Nima uchun sotuvlar hajmi tushib ketyapti? Nega sotuvlar orsa ham, sof daromad ortmayapti? Nima qilish kerak?

Kuni kecha yakunlangan Ibrahim Gulyamovning «Biznes Kouching 14» dasturi tinglovchilari aynan mana shu o‘zlarini doimiy qiynab kelgan savollarga javob olishdi va muammolarining yechimini aniqlab, amaliy yutuqlarga erishishdi.

Foto: bk.pcg.uz

Biznes Kouching dasturi — tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan, 2 oyda biznesni tizimlashtirish, marketing va sotuv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish orqali korxonaning sof foydasini oshirishga qaratilgan dastur. Misol uchun, «Biznes Kouching 14» kursini 600ga yaqin biznes egasi bitirdi. 56 foiz ishtirokchidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ularning umumiy sof foydasi 2 oyda 1 400 000 dollarga oshdi.

Foto: bk.pcg.uz

Shu paytgacha «Biznes Kouching» dasturini 3500ga yaqin tadbirkor bitirdi. Ularning orasida yurtimizda ko‘zga ko‘ringan Najot ta'lim, Xon Saroy, Kun.uz, Asaxiy, «Andijon muzqaymoqlari», «1000 proyektov», TuningHouse, Uzled, Original Mebel, BTS, beshr, Brohouse kabi kompaniyalar asoschilari, Ro'zmetov, Azon.tv, Rasulov GI, Dinay, UrGaz, Imzo kompaniyalari rahbarlari va boshqalar ham bor.

Foto: bk.pcg.uz

Biznes Kouching kimlar uchun?

— ishlab chiqarish va qurilish sohasidagi tadbirkorlar;

— xizmat ko‘rsatish va savdo sohasidagi tadbirkorlar;

— usta-hunarmandlar va ishbilarmonlar.

Agar siz o‘z raqobatchilaringiz orasidan ajralib chiqib, katta marralarga erishishni, bozorda o‘z sohangizda yetakchilikni qo‘lga kiritishni istasangiz, hoziroq harakat qiling. Biznes Kouching haqida batafsil ma’lumot oling va yirik kompaniyalar kabi to‘g‘ri qaror qabul qiling.

Foto: bk.pcg.uz

Bog‘lanish uchun:

Telefon: +998712009292

Veb sayt: https://clck.ru/Xg4SU

Ijtimoiy tarmoqlar:

Instagram

Youtube

Telegram

Ma’lumot uchun, yaqin orada «Biznes Klass» loyihasida Ibrahim Gulyamovning Perfect Consulting Group kompaniyasi faoliyati haqida ko‘rsatuv olingan edi. Biznes kouch Ibrahim Gulyamov va uning dasturi bilan yaqindan tanishish uchun quyidagi videoni tomosha qilish mumkin.

Reklama huquqi asosida 

Mavzuga oid