O‘zbekiston | 17:56 / 16.05.2024
8479
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ta’mirlanadigan ko‘chalar va chorrahalar ro‘yxati e’lon qilindi

Poytaxt hokimligi shahardagi 32 ta chorraha va 17 ta ko‘chada ta’mirlash hamda rekonstruksiya ishlari olib borilishini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida may—sentabr oylarida qator ko‘cha va chorrahalarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Hokimlik matbuot xizmatiga ko‘ra, ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari asosan tungi vaqtda amalga oshiriladi. Poytaxtdagi piyodalar va haydovchilar bu ishlarning og‘irligini his qilmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi va’da qilingan.

Ta’kidlanishicha, bunday ta’mirlash ishlari birinchi marta keng ko‘lamda, yangi qoplama (ShMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yerosti kommunikatsiyalari ham tekshiriladi.

Ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari olib boriladigan chorraha va ko‘chalar ro‘yxati:

Chorrahalar:

  • Bunyodkor shohko‘chasi – Qatortol-2
  • Shota Rustaveli – Cho‘ponota
  • Shota Rustaveli – Bobur
  • Cho‘ponota – Bog‘ibo‘ston
  • Cho‘ponota – Sa’diy Sirojiddinov
  • Cho‘ponota – Arnasoy
  • Cho‘ponota – Chilonzor
  • Cho‘ponota – Qatortol
  • Amir Temur – Osiyo
  • Amir Temur – Bog‘ishamol
  • Amir Temur – Iftixor
  • Amir Temur – Shahriston
  • Mirzo Ulug‘bek – Parkent
  • Mirzo Ulug‘bek – Mahtumquli
  • Muqumiy – Qatortol
  • Muqumiy – Chilonzor
  • Muqumiy – Arnasoy
  • Muqumiy – Shohjahon
  • Mahtumquli – KHAY
  • Mahtumquli – Sodiq Azimov
  • Mahtumquli – Yahyo G‘ulomov
  • Mahtumquli – Shahrisabz
  • Nurafshon – Sag‘bon
  • Nurafshon – Farobiy
  • Nurafshon – Beruniy
  • Nurafshon – Qorasaroy
  • KHAY – Sariko‘l
  • Yangi Sergeli – Choshtepa
  • Sag‘bon – Farobiy – Saqchimon
  • Gavhar – Dumbirobod
  • Mo‘minov – Do‘rmon yo‘li
  • Shifokorlar – Farobiy

Ko‘chalar:

  • Bobur
  • Furqat
  • Lutfiy
  • Shota Rustaveli
  • Beshqayrag‘och
  • Feruza
  • Yuzrabot
  • Saqchimon
  • Laylito‘g‘on
  • Zarqaynar
  • KHAY
  • Osiyo
  • Qorasaroy
  • Sag‘bon
  • Shahrisabz
  • Parkent
  • Pahlavon Mahmud ko‘chasidan Chkalov ko‘chasigacha

Mavzuga oid