Toşkent şahrida geroin giyohvand moddasini sotayotganda qölga olingan şaxs uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda şahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 16 oktyabr kuni fuqaro M. Eski jöva bozori hududida eski tanişlaridan biri bilan ketayotganda IIB xodimlari tomonidan töxtatilib, şaxsi tekşirilayotganda özini juda şubhali tutadi.
Tekşiruv paytida M.ning yonidan kuçli ta’sir qiluvçi psixotrop dorisi va 0,34 gramm geroin moddasi topiladi.
Şundan söng M. bölimga olib borilib söroq qilinganda u şunday deydi:
“Men ustaçilik qilib har xil quriliş işlarida yollanma işçi bölib işlab, pul topaman. 2023 yilning 15 oktyabrida Özbekiston boğiga iş qidirib bordim. Ozgina işladim ham. Kun keç böla boşlaganda piyoda yölga çiqdim. Yölimda katta bir toş uçradi. Uni bir tepgan edim, tagida qora izolentaga öralgan narsaga közim tuşdi. Bunday narsalar menga taniş bölgani uçun uni olib uyga olib keldim. Bu geroin giyohvand moddasi edi”.
Tergovçi M. haqida ma’lumot olinganda uning avval 2004, 2007, 2010 va 2020 yillarda giyohvand moddalari iste’moli va oldi-sotdisi bilan şuğullangani uçun sudlanib, qamalib çiqqani ayon böladi.
Tergov jarayonida mazkur şaxs “toş tagidan topib olgan” narsasining giyohvand modda ekanini bilib uyga olib kelgani va 13 bölakka bölgani, söng uning bir bölagini sotiş uçun bozorga borgani aşyoviy dalillar bilan isbotlanadi.
Qayd etilişiça, jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi oçiq sud majlisida M.ni Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan aybdor deb topgan. Unga 10 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.












